Ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi institut tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.

Shuningdek, institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘iladi.

Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish institut tomonidan amalga oshiriladi.