Odamlarda uchraydigan "noyob" kasalliklar

Dunyoda aholining juda oz qismi ulardan aziyat chekadigan va davosi topilmagan kamdan-kam uchraydigan kasalliklar mavjud. Belgilari va rivojlanishi o‘rganishga berilmagan bu kasalliklar bilan tanishamiz.

Progeriya

Прогерия

Bu kasallik alomatlari insonning tez qarishi orqali o‘zini namoyon qiladi. Bemorlarning bo‘yi pastligicha qoladi, sochlari o‘smaydi, burni cho‘zinchoq, terisi esa ajinli bo‘ladi. Kichkina bolalar sirtdan qaraganda keksalarga o‘xshaydi, kasallikdan aziyat chekadiganlarning butun tanasi tug‘ilishidanoq qariy boshlaydi, ular ko‘pi bilan 18 yoshgacha yashaydi. Aksariyat bemorlar qariyalar kasalligi - aterosklerozdan vafot etadi. Progeriya bemorga genetik darajada uzatiladi.

Sitsero

Цицеро

Buzuq ishtaha (badnafslik) kasalligi bilan og‘rigan odamlar mutlaqo yeyilmaydigan narsalarni yeyishadi. Ochofatlar ratsioniga har qanday qog‘oz, plastmassa yoki kimyoviy moddalar kirishi mumkin. Shu bilan birga, bemorlar o‘z “yeguliklarini” fahmlab olgan holda iste’mol qilishni xohlashadi.

Porfiriya

Порфирия

Quyosh nuridan qo‘rqish – bu kasallikni vampir sindromi deb ham atashadi. Ultrafiolet nuri ta’sirida bemorning terisi qizil dog‘ bilan qoplanib, u juda qattiq og‘riqni boshdan kechiradi. Bemorning tana to‘qimalaridagi pigment almashinuvi buzilishi ushbu simptomlarni keltirib chiqaradi. Kasallikdan aziyat chekadigan odamlar faqat quyosh nurlaridan qochish orqali normal yashashi va ishlashi mumkin.

Mikropsiya

Микропсия

Mikropsiya – atrof muhitdagi ob’yektlarning haqiqiy o‘lchamlarini buzib ko‘rish. Ushbu nevrologik kasallikka chalingan bemorga barcha narsalar, hatto o‘z tanasi ham hajmiga nisbatan kichikroq ko‘rinadi. Uning nafaqat ko‘rish qobiliyati, balki boshqa hislari ham buzilgan.

Ko‘k teri sindromi

Terisi ko‘k yoki binafsha rangga ega odamning bunday alomati tanasining holatiga umuman ta’sir qilmaydi. Ular o‘zlarini mutlaqo normal his qilishadi va keksalikka qadar yashaydi. Bu kasallik ham insonga genetik tarzda o‘tadi.

Gipertrixoz

Гипертрихоз

Genetik xususiyatga ega gipertrixozdan aziyat chekadigan odamning tanasi juda ko‘p miqdordagi sochlar bilan qoplangan. Sochlar nafaqat butun terini qoplaydi, ular juda intensiv o‘sadi. Gipertrixozli ayollarning yuzida uzun, qalin soqoli bo‘ladi. Shuningdek, bemorlarga keng burun, katta og‘iz va kengaygan iyak kabi xarakterli yuz xususiyatlari berilgan.

Kleyn-Levin sindromi

Синдром Клейна-Левина

Sababi ma’lum bo‘lmagan nevrologik kasallikka chalingan odamlar ko‘p vaqtini uyqu holatida o‘tkazadi. Uyg‘onib, faqat hayotiy faoliyatni ta’minlash uchun zarur ovqatlanish, yuvinish, hojatxonaga borish kabi tabiiy ehtiyojlarni bajarib, so‘ng yana uyqu dunyosiga sho‘ng‘ishadi. Faol hayot holatiga qaytarishga urinishlar ular tomonidan agressiv tarzda qabul qilinadi. Ba’zida ular hatto haqiqiylikni tushdan ajratishda qiynaladi, gallyusinatsiya va xotira buzilish holatlari sodir bo‘lib turadi. Bunday xatti-harakatlar oyiga 2-3 kun davom etib, shundan so‘ng odam o‘ziga kelib, normal hayotga qaytishi mumkin.

Suvga allergiya

Juda kam uchraydigan bu kasallik odamda tug‘ma yoki keyinchalik hayoti davomida paydo bo‘lishi mumkin. Suvga chidamsizlik bilan og‘rigan odamlar suv va uni o‘z ichiga olgan ichimliklarni ichmaydi, hatto suvga teginishga ham dosh bera olmaydi. Tanasiga bir tomchi tushgan suv ularga og‘riq beradi.

Og‘riq sezuvchanligining yo‘qligi

Ushbu kasallik og‘riqning to‘liq yo‘qligi bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, kasal na sovuqni, na issiqni his qilmaydi. Ushbu sindromga chalingan odamlar hatto hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf borligi mumkinligini umuman bilmasdan yashashadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.