Og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan Hamroqul Jo‘rayevlar oilasiga 2 xonali uy ajratiladigan bo‘ldi

Nilufar Soatova II guruh nogironi. U 8 yildan buyon boshpanasi bo‘lmaganligi bois qaynopasining bir xonali uyida (Samarqand shahri, Kimyogarlar shaharchasi, Shifokor ko‘chasidagi 33-uy, 42-xonadonda) 3 farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan yashab kelayotgan edi. Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan xonadonma-xonadon aholi muammolarini o‘rganish jarayonida N.Soatova kam ta’minlangan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila deb topildi va unga 2 xonali uy ajratiladigan bo‘ldi.

- Davlatimizga katta rahmat, endi bizni ham o‘z uyimiz bo‘ladi, - deydi N.Soatova.

N.Soatovaning turmush o‘rtog‘i 63 yoshli Hamroqul Jo‘rayevning ish staji haqidagi ma’lumotlar arxivi yonib ketganligi bois yoshga doir nafaqaga chiqa olmayapti. Hozirda mahalla fuqaroning bu boradagi murojaati bilan ham shug‘ullanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda oilaga e’tibor ko‘chaytirildi. O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi. Joylarda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazlari ishga tushib, muammolarni bartaraf etishda xotin-qizlar ko‘mitalariga ko‘mak berib kelmoqda. Bugun sohadagi islohatlarni har bir xotin-qiz, har bir oila o‘z hayotida his etmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi, - deydi Kimyogarlar shaharchasidagi Madaniyat mahallasi xotin -qizlar bilan ishlash, oilalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi Turg‘unoy Mirzayeva. - Jumladan, 2019 yilning birinchi choragida birgina bizning mahallamizda bitta ajralib ketish arafasida turgan oila yarashtirildi. Ishsiz yurgan 3 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi.10 ga yaqin oilalarga moddiy yordamlar belgilandi.

Baxtigul Qarshiyeva.