OITSga chalinganini yashirib, turmush qurgan ayolga nisbatan chora ko‘rildi

Sirdaryolik Feruza Hasanova (ismi-familiyalar o‘zgartirilgan) hamma ayollarga o‘xshab oila qurib, baxtli bo‘lmoqchi edi, lekin u 2016 yilda OITS kasalligiga duchor bo‘ldi, shu og‘ir dardga chalingan bo‘lsa ham oila qurishga qaror qildi.

F.Hasanova o‘zini OITS kasalligiga chalinganligini bilsa-da, ushbu kasallikni uyiga kelgan sovchilardan yashirib, turmush qurishga rozilik bildirdi.

2020 yil 7 mart kuni Zufarbek Shamshiyev bilan sha’riy nikohdan o‘tib, ular oila bo‘lib yashadilar, oqibatda Z.Shamshiyev OITS kasalligini yuqtirib oldi.

Sud ushbu jinoyat ishini har tomonlama ko‘rib chiqib, F.Hasanovani Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi, deb ma’lum qildi jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tumani sudi sudyasi B.Mamadaminova.

F.Hasanovaga nisbatan sutkaning soat 22:00 dan 06:00 gacha yashash joyidan chiqishi cheklangan holda 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.