Okeanlar haqida nimalarni bilamiz?

8 iyun – Butunjahon okeanlar kuni sifatida nishonlanadi. Hammamiz bilamiz, okeanlar Yerning taxminan 70 foizini egallaydi va Yerdagi barcha suvlarning 97 foizini o‘z ichiga oladi. Sayyorada beshta okean borligini ham bilamiz. Bular - Tinch, Hind, Atlantika, Shimoliy muz va Antarktika okeanlari. Ko‘plar Tinch okeani – eng katta va iliq, Atlantika okeani kattalik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda va u eng sho‘r va eng o‘rganilgani, Hind okeani xilma-xil o‘simlik va hayvonot dunyosiga boyligini, Antarktika okeani esa faqat 2000 yilda rasman tan olinganligini bilishadi.

Bugun barcha tirik jonzotlarga hayot bag‘ishlagan bu cheksiz keng suvlar haqida ba’zi bir ma’lumotlar bilan tanishamiz:

🔹 okeanlar taxminan 3,5 milliard odam uchun asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi;

🔹 okeanlar sayyorada hayot paydo bo‘lishidan 3 milliard yil oldin paydo bo‘lgan;

🔹 hozirgi kunda Yer yuzidagi mavjud hayot shakllarining taxminan 70 foizi okean suvlarida yashaydi;

🔹 okeanlar uzoq yillar davomida dengiz va yer qa’ridan quyiladigan minerallar tufayli sho‘r;

🔹 o‘tgan asrda okean suvlari darajasi 25 santimetrga ko‘tarildi;

🔹 sayyoradagi vulqon faolligining 90 foizi okeanlarda sodir bo‘ladi;

🔹 Yer yuzidagi eng baland suv toshqinlari taxminan 16 metrni tashkil etadi, ularni AQSh, Kanada qirg‘oqlari va Fendi ko‘rfazida kuzatish mumkin;

🔹 Yerning eng past nuqtasi Tinch okeanining g‘arbiy qismi – Marian xandagining 11 034 metr chuqurligida joylashgan;

🔹 eng shaffof okean suvi Antarktida sohilidagi Uedell dengizida joylashgan;

🔹 Boltiq dengizi suvlarida eng yuqori oltin miqdori qayd etilgan;

🔹 okean suvidagi tovush tezligi havodagiga qaraganda besh baravar yuqori;

🔹 okean tubida ko‘pincha 100 metr balandlikdagi to‘lqinlar g‘azablanib, suv yuzida ulardan hosil bo‘lgan sunamilar taxminan 60 metrgacha ko‘tariladi;

🔹 davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarining 90 foizidan ortig‘i suvlardagi kemachilik yuk tashish orqali amalga oshiriladi;

🔹  har yili akulalardan chaqmoq urishi yoki asalari chaqishiga qaraganda bir necha o‘n marotaba kam odam halok bo‘ladi.

🔹 okeanlarga tashlangan chiqindilar ovlangan baliqlardan uch baravar ko‘proq.

🔹 tinch okeanining shimoliy qismida asosan plastikdan iborat yuzlab million tonna chiqindilarning ulkan qismi og‘ib yuradi.

🔹 bugungi kunda okeanlarning atigi 10 foizi o‘rganilgan.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.