Olimlar Yer yuziga yaqinlashib kelayotgan falokat haqida ogohlantirdi
Qo‘shma Shtat olimlari Antarktidadagi muzliklar erishi Nyu-York va Shanxay kabi qirg‘oqoldi shaharlar qolishini shubha ostiga qo‘yishi haqida ogohlantirdi. Bu haqida Phys.org yozadi.
Sayyora harorati ko‘tarilgach, Arktika muzlari eriy boshlaydi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlar hayotiga ta’sir qiladi. Antarktida ham insoniyat uchun bundan kam xavf tug‘dirmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu mintaqada global isish natijasida jahon okeani sathining 60 metrga ko‘tarishga qodir muz bor.
"Biz allaqachon ushbu muammoning dastlabki belgilarini ko‘rmoqdamiz", deyiladi maqolada.
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, muzliklarning erishi atigi bir necha o‘n yilliklar ichida nazoratdan chiqib ketishi mumkin. Shu bilan birga, issiqxona gazlarining kamayishi va texnologik taraqqiyot, katta ehtimol bilan falokatning oldini olmaydi, deydi olimlar.
Issiqxona gazlari tashlashning amaldagi sur’atiga binoan Antarktida muz qatlami 2060 yilgacha eriydigan eng muhim chegarani bosib o‘tadi. Jahon okeani sathining ko‘tarilish ko‘lami qaytarib bo‘lmas o‘lchamlarga yetadi. Yer atmosferasini karbonat angidrid gazidan tozalash o‘sha vaqtga kelib bu jarayonni to‘xtata olmaydi va 2100 yilda suv darajasi bugungi kunga qaraganda o‘n baravar tez ko‘tariladi, deya xulosa qildi mutaxassislar.
G.Xoldorova tayyorladi.