Olimlar xavotir bildirdi: 2026 yilda dunyo yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin

Olimlar «X kasallik» nomi bilan mashhur bo‘lgan yangi global pandemiya yuzaga kelish ehtimoli yuqori ekanidan ogohlantirmoqda. Bashoratlarga ko‘ra, ushbu xavf 2026 yildayoq ro‘yobga chiqishi mumkin.

Mutaxassislar tez mutatsiyaga uchrayotgan to‘rtta virusni mazkur ehtimoliy tahdidning asosiy qo‘zg‘atuvchilari sifatida ko‘rsatmoqda. Ular quyidagilar:
Maymunchechak. 2022 yildagi global tarqalishdan so‘ng kasallik virusi butun dunyo bo‘ylab mustahkam o‘rnashib oldi. U tarqalishda davom etmoqda va yangi shtammlarni hosil qilmoqda.
Qizamiq. MMR vaksinasi qamrov darajasi pasayib ketgani sababli, ilgari deyarli yo‘q qilingan deb hisoblangan qizamiq kasalligi qayta avj olishi mumkin. Bu xavf qizamiq bilan bog‘liq holatlar ko‘payishi orqali allaqachon namoyon bo‘lmoqda.

Parranda grippi (H5N1). O‘ta xavfli gripp 2020 yildan beri faol ravishda mutatsiyaga uchramoqda va sutemizuvchilarni ham zararlash qobiliyatini qo‘lga kiritmoqda. Olimlar uning insondan insonga samaraliroq yuqishga moslashib olishidan xavotirda.

Oropuche virusi, ya’ni oqboshlar. Bu orqali yuqadigan virus o‘z tarqalish hududini Janubiy Amerikadan Yevropagacha kengaytirmoqda. Uning alomatlari denge isitmasiga o‘xshab, tez tarqalish imkoniyati juda yuqori.
Mutaxassislar, jumladan, Sautgempton universiteti va Glazgo universiteti olimlari ta’kidlashicha, dunyo COVID-19’ga o‘xshash pandemiyalarga qarshi hamon yetarli darajada tayyor emas.