Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul nomzodlar tanlagan hududlarda o‘tkaziladi

 Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoniga muvofiq:

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 2020 yilning avgust oyida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda, nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqini beriladi.

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlardan test sinovlarida ishtirok yetishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdoridagi to‘lov undiriladi.