Oliy Majlis Spikeri maktab bitiruvchilarini tadbirkorlikka o‘rgatishga e’tibor qaratdi
- 29.02.2020 09:30
- 47
- Siyosat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov feysbukdagi sahifasida shunday post yozdi:
«Ko‘plab xorijiy davlatlarda kambag‘allikni aholida ishbilarmonlik kayfiyatini uyg‘otish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali qisqartirishga erishilgan. Shu maqsadda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga maktab davridan boshlab e’tibor qaratilgan bo‘lib, aynan shu davrda yoshlarga biznes olamining sir-sinoatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar berilishiga erishish lozim. Xususan, Xitoyda 1980 yillardan boshlab maktablarda tadbirkorlik ta’limoti joriy etilgan.
Shu sababli mamlakatimizdagi maktablarda bitiruvchi sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik va biznesga doir ko‘nikmalarni sindirish maqsadga muvofiq».
Teglar:
oliy ta’lim