Oliy sud raisi Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazdi. Oliy sud raisi, sudyalari, viloyat jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlari raislari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda sud ishi bilan bog‘liq 295 fuqaro o‘z muammo va takliflari bilan murojaat qildi.

Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish, sud ishi yurituvi sifatini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Shu jihatdan sayyor qabul davomida viloyatimizda yashovchi fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, keksalar, xotin-qizlar tomonidan qabul qilingan yakuniy sud qarorlaridan qoniqmaslik, aliment, uy-joy masalasi ijrosidagi kamchiliklar, joylardagi mutasaddilarning chiqarayotgan qarorlaridan norozilik murojaatlari tinglandi, qayta ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, huquqiy tomondan yordam berildi.

Jumladan, 245 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 50 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.