Olmaotada sodir bo‘lgan janjalda O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirildi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 27 iyul kuni Olmaota viloyati Uyg‘ur tumanida sodir bo‘lgan janjalda O‘zbekiston fuqarosi M.K. o‘ldirilgani to‘g‘risida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqladi.

TIV xabariga ko‘ra, marhumning jasadi qarindoshlari hamrohligida vatanga jo‘natilgan.

Mazkur jinoyat sodir qilishda gumonlanib O‘zbekiston fuqarosi U.S. qo‘lga olingan va ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratda ushlab turibdi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78.