Olov qanotli qushlar
Qaqnus – olovdek lovullagan qush... Fenikss – qadimgi yunon afsonalarida kuldan paydo bo‘ladigan qush. Turli xalqlar afsonalari va rivoyatlarida bunday g‘ayrioddiy mavjudotlar xaqida ko‘p hikoya qilinadi.
Ammo ba’zan real hayotda ham ular bilan to‘qnash kelish mumkin. 2018 yil iyulda Amerikaning Grand-Titon milliy parkida o‘rnatilgan veb-kameralaridan birida fanga ma’lum qushlardan farq qiluvchi ulkan olov qush parvozi qayd etildi. Uning qanotlari lovullagan alangani eslatardi.
Grand-Titon boshqa yanada kengroq – Vayoming, Montana, Aydoxa shtatlariga tutash Yellouston milliy parkiga zich tutashgan. Bu yerda qit’adagi eng yirik vulqon joylashgan. Uning o‘pqoni 55x72 kilometrga teng. Vulqon oxirgi marta 630 ming yil avval otilgan. Hech qanday xavf-xatar solmaydi deb hisoblangan vulqonni keyinggi paytlarda faollashgani qayd etilmoqda: parkda yangi qaynoq buloqlar otilmoqda, tuproq harorati oshyapti, yer 1,8 metrga ko‘tarildi. Parkda har yili o‘nlab kichik zilzilalar kuzatiladi, yashin urishi oqibatida doimiy ravishda yong‘in sodir bo‘ladi. Olovli qushning paydo bo‘lishi Yellouston vulqoni otilishidan belgi emish.
Olov qanotli mavjudotlar haqida qadimgi manbalarda ham eslatiladi. Masalan, eramizgacha 106 yilda Rimda shahar ustida o‘nlab qanoti cho‘g‘ qarg‘alar paydo bo‘lgan. Ularning qanotlaridan sochilgan uchqunlar uylarni yondirib, yong‘inlar keltirib chiqargan.
Xuddi shunday dahshat 1960 yillarda Indiana shtatida kuzatilgan. 1917 yil may, 1960 yil avgust oylarida esa Luizana shtati Baton-Ruj shahrida va 1961 yilda Kaliforniyaning Kapitola-Bich shahrida yerga o‘nlab kuyib, kulga aylangan qushlar qulab tushgan. Bunday dahshatli manzara sal oldinroq 1948 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkning osmono‘par Empayr-Steyt-Bilding binosida ham sodir bo‘lgan. Yuzga yaqin yonayotgan turli qushlar xuddi ko‘zga ko‘rinmas tahdiddan qochgandek o‘zlarini bino derazalariga urgan.
1980 yillarda Puerto-Rikoning yirik shahrida va atrof qishloqlarda g‘alati yong‘inlar sodir bo‘la boshladi. Guvohlarning aytishicha, har gal yong‘in olov qanot qushlar paydo bo‘lishidan keyin ro‘y bergan. Ularning ayrimlari qanoti 4 metrga yetgan, qanot patlar o‘rnida alanga uchqun sachratib silkingan.
Olov qanot qushlar bilan bog‘liq bunday hodisalar haqida ko‘plab misol keltirish mumkin. Ular haqida tadqiqotchilar hali birorta tayinli fikrga kelisha olgani yo‘q. Hozirgi vaqtda Yellouston vulqoni hududida olov qanot qushlar mavjudligi haqida bir necha taxminlar bor.
Birinchidan, yer yorig‘idan sizib chiqayotgan gaz buluti olov qanot qushlar deb talqin etilayotgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, bu hodisa bilan vulqon tez orada otilishidan odamlarni ogohlantirayotgan emish. Uchinchi fikr – videoda g‘arioddiy shakldagi sharli yashin aks etgan.
Ammo qanchalik g‘alati bo‘lmasin, ko‘proq mantiqli tasavvur haqiqatga yaqinroq, ya’ni nazariy jihatdan organik hayot sayyoramizda yagona emas. Biz hali anglab yetmagan sirli hodisalar shundan dalolat beradi.
T.Shomurodov tayyorladi.