“Ona tilim, sen ruhimning qanotisan”
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan 1989 yil 21 oktyabr kuni tarixda o‘chmaydigan quvonchli kun sifatida xalqimiz qalbida muhrlanib qoldi.
O‘tgan yili esa Prezidentimiz 21 oktyabr sanasini mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanadigan kun etib belgiladi. Ushbu sana, umuman, oktyabr oyi yurtimizda o‘ziga xos bayram, til rivojiga bag‘ishlangan tadbirlar tarzida o‘tdi.
Shu qatorida maktabimizda ham oktyabr oyida o‘zbek tilini targ‘ib etadigan qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchilari fan oyligini “Ona tilim, sen ruhimning qanotisan” shiori asosida o‘tkazdi. Buning uchun 4 oktyabrda chora-tadbirlar ishlab chiqilib, o‘quvchilarning o‘zbek tiliga bo‘lgan mehrini oshirish, nutqini yaxshilash, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida ochiq darslar, tadbirlar, muzeylarga sayohatlar hamda bellashuvlar o‘tkazdi.
Barcha tadbirlarda o‘quvchilar faol ishtirok etdi. Alisher Navoiy, Bobur g‘azallarini yoddan aytish bo‘yicha oy davomida tashkil etilgan o‘ziga xos bahs o‘quvchilarning ona tiliga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi.
M.Turdiyeva,
Samarqand shahridagi Damir Salimov nomli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.