Onlayn: 2018 yilda Samarqandda 116,7 million dollardan ko‘proq turistik xizmatlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda viloyat matbuot va axborot boshqarmasi hamkorligida Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi hamda Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markaziga tashkil etilgan press-turda dastlab viloyat turizmni rivojlantirish departamenti mutaxassisi Mehriddin Shermatov turizm sohasida viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
- O‘tgan yil davomida viloyatimizga 2 million 100 mingdan ortiq mahalliy va 351 mingdan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi, - dedi M.Shermatov. – Bu 2017 yilga nisbatan ikki barobar ko‘p degani. Shuningdek, 2018 yilda 116,7 million dollardan ko‘proq turistik xizmatlar amalga oshirildi. 2019 yilda bu ko‘rsatkichni 170 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi hamda ilmiy-tadqiqot markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.
Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.