Oqdaryo tumanida ilk bor davlat xususiy-sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi
- 14.06.2019 16:59
- 346
- Samarqand
Oqdaryo tumani Sadriddin Ayniy ko‘chasida tadbirkor G‘ulom Zubaydullayev tomonidan “Loyish go‘zal bog‘chasi” nomli davlat xususiy-sheriklik asosida yangi maktabgacha ta’lim muassasasi ish faoliyatini boshladi. Muassasa 75 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 3-7 yoshli mahalladagi bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun o‘z bag‘riga qamrab oladi.

Bolalar bog‘chasining ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari va maktabgacha ta’lim muassasalari, mahalla oqsoqollari ishtirok etishdi. Ushbu davlat xususiy-sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda faoliyati davomiyligiga katta ishonch bildirdilar. Tadbir davomida bolajonlarning kuy-qo‘shiqlari, o‘yin kulgilari tadbirga taklif etilgan mehmonlarga yanada zavq bag‘ishladi.

O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qadrni yo‘qotgan jamiyat kelajagini yo‘qotadi
- Bugun, 13:38
- Jamiyat
To‘ylar baxt maydonimi yoki bahs maydoni
- Kecha, 21:35
- Jamiyat