Oqdaryoda 7 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi
- 09.10.2020 11:03
- 120
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati sudlari raislari Oqdaryo tumani xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar tashkil qildi.
Sayyor qabul jarayonida 31 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudiga 7 murojaat kelib tushgan va ularning barchasi ijobiy hal qilingan. Ya’ni, 7 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha 5 murojaat ro‘yxatga olinib, murojaatchilarning 3 nafariga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 nafarining arizasi ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha 17 murojaat ijobiy hal qilingan. Bu shaxslarga nisbatan ishlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 11-bandiga asosan tugatilgan.
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 2 murojaat muallifiga huquqiy tushuntirish berilgan.