Oqdaryodagi press-tur ’’Millat xazinasi’’dan boshlandi

Bugun viloyatning shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalari orqali aholining keng qatlamiga yetkazish maqsadida joylarda tashkil etilayotgan press-turning navbatdagisi Oqdaryo tumanida o‘tkazilmoqda.

Tadbir tumanga kiraverishdagi  ’Millat xazinasi’’ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

Press-tur davomida jurnalistlarni tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlari, Dahbed kichik sanoat zonasi va bir qator ishlab chiqarish korxonalar faoliyati bilan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

To‘lqin SIDDIQOV.