Oqdaryolik traktorchining texnik pasportsiz, haydovchilik guvohnomasisiz boshqaruvda kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Agroinspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan Oqdaryo tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, “A.Temur” muqobil MTP hududidagi Qarqarali qishlog‘ida harakatlanib kelayotgan “T-28X4MS” rusumli, davlat raqam belgisi 30 LA 209 bo‘lgan o‘t o‘rish kombayni ko‘zdan kechirilganda, texnika vositasining burilish, to‘xtash chiroqlari ishlamasligi hamda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlandi.

“Zarafshon” MMTP hududida fuqaro Sh.G. “TTZ-80.11” rusumli chopiq traktorni texnik pasporti va haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasdan boshqarib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tumanning Navro‘z mahallasi Olchin qishlog‘ida yashovchi fuqaro Z.X.ga tegishli “T-28x4MS1” rusumli transport traktorining harakatlanish qismi va rul boshqaruv tizimi nosoz ekanligi aniqlandi.

Monitoring davomida fuqaro F.J. “YeW-145” rusumli ekskovatorni Loyish shaharchasi Mehnat ko‘chasida texnik pasport va yo‘l varaqasi bo‘lmasdan boshqarib ketayotgani aniqlandi.

“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalari bilan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.