O‘qishni ko‘chirish istagidagi fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishini respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan va o‘qishi ko‘chirilishga ruxsat berilgan fuqarolarga o‘qiyotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tegishli hujjatlarni olish bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi

Favqulodda va muxtor elchi: Niyazxodjayev Saidikrom Farxodovich.

Manzil: 010000, Nur-Sulton shahri, Komsomol massivi, Layli va Majnun ko‘chasi, 7-uy.

Telefon: +7 (7172) 95-42-52

Sayt: http://www.uzembassy.kz/

E-mail: kz.uzembassy@mfa.uz

 

O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi

Manzil: Bishkek shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 177-uy.

Telefon: 996-312 98-62-95

Faks: 996-312 98-60-43

Sayt: http://kyrgyzstan.mfa.uz/

E-mail: uzbembish@elcat.kg

 

O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi

Favqulodda va muxtor elchi: Shaismatov Ergash Raxmatullayevich

Manzil: 734003, Dushanbe shahri, Sanoi ko‘chasi, 30-uy

Telefon: 992-37 224-76-57, 992-37-224-75-39, 992-37-224-75-42

Faks: 992-37 224-76-57

Sayt: http://uzbekistan.tj/

E-mail: ruzintaj@rambler.ru, embasuzbek@gmail.com, uzbekistantj@yandex.ru

Feruza MADRAHIMOVA,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari.