O‘quvchilar fan oyligi doirasida Botanika bog‘iga sayohat qildi
- 31.01.2021 20:19
- 106
- Ta’lim

Respublikamizning barcha xalq ta’limi muassasalarida yanvar - kimyo va biologiya fanlari oyligi sifatida e’lon qilindi. Samarqand shahridagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ushbu fanlar doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, biologiya va kimyo fani o‘qituvchilari Z.Hamidjonova, N.Xolmirzayeva, Z.Mamadaliyeva yetakchiligida maktab o‘quvchilari ishtirokida qiziqarli laboratoriya mashg‘ulotlari, noan’anaviy darslar, bilimdonlar bahsi tashkil etildi.
Yoshlarning tabiatga mehrini, ekologiya va atrof-muhit tozaligiga e’tiborini oshirish, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quvchilarning SamDU qoshidagi Botanika bog‘iga sayohati uyushtirildi.
Z.AHMEDOVA,
Samarqand shahridagi 71-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bryusseldan Samarqandgacha
- Kecha, 19:05
- Siyosat
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- 05/04, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa