Osiyo kubogi 2023 bahslari Xitoyda o‘tkazilmasligi ma’lum bo‘ldi

Xitoy futbol assotsiatsiyasi bilan olib borilgan keng qamrovli muhokamalardan so‘ng mamlakat 2023-yilgi Osiyo Kubogini mezbonlik qila olmasligi haqida rasman ma’lum qilindi.

Xitoy 2019 yil 5 iyun kuni Parijda bo‘lib o‘tgan OFKning navbatdan tashqari Kongressida Osiyo Kubogi 2023 mezboni etib tayinlangandi. 24 jamoa ishtirokidagi musobaqa 2023-yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar Xitoyning 10 ta shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

OFK mazkur vaziyatlarga mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘layotganligini qayd etmoqda. Tayyorgarlik jarayonida Xitoy futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qo‘mita bilan yaqindan hamkorlik ishlari olib borildi. Hatto bir qator muhim bosqichlarga erishildi, jumladan, turnir logotipi ishga tushirildi va o‘tgan yili Shanxay Pudong futbol stadionining ochilishiga erishildi.

OFK Xitoy futbol assotsiatsiyasi va mahalliy tashkiliy qo‘mita jamoaviy manfaatlarni ko‘zlab, juda qiyin, ammo zarur qarorni qabul qilganini qadrlashini ma’lum qilmoqda. Shuningdek, 2023-yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi bilan bog‘liq keyingi qadamlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi ta’kidlangan.