O‘tgan yili chet el sarmoyasida 160 ta korxona tashkil etildi
2019 yilda xorijiy kapital ishtirokida 160 ta korxona tashkil etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan korxonalar 33 taga ko‘paygan.
Korxonalarning aksariyati Samarqand shahrida (52 ta), Jomboy va Samarqand (12 tadan), Qo‘shrabot va Past Darg‘om (11 tadan), Kattaqo‘rg‘on shahar va Bulung‘ur (10 tadan) tumanlarida tashkil etilgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng kam tashkil etilgan korxonalar Narpay (1 ta), Paxtachi (2 ta), Urgut va Toyloq (4 tadan) Ishtixon va Nurobod (5 tadan) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Yangi korxonalarni davlatlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Xitoy kapitali ishtirokida 31 ta, Turkiya 24 ta, Rossiya 23 ta, Janubiy Koreya 12 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, Isroil, Tojikiston, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va boshqa davlatlar rezidentlari qo‘shma faoliyatga qiziqish bildirdi.
Yangi tashkil etilgan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari asosan sanoat (75 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (26 ta), savdo (18 ta), qurilish (17 ta) sohalariga to‘g‘ri keldi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.