Urgutda yangi korxona ishga tushirildi, 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Urgut tumanida "UR JEANS" MChJ korxonasi qiymati 3,0 million AQSh dollari bo‘lgan djinsi mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi asosida o‘z faoliyatini boshladi.

Korxonada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilib, kutilayotgan ishlab chiqarish hajmi yiliga 5,4 million AQSh dollarini tashkil etishi, shundan 1,6 million AQSh dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda “Urgut” EIZda 70 ta loyihadan 43 ta loyiha o‘z ishlab chiqarishini boshlagan bo‘lib, 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mazkur korxonalar tomonidan 2020 yilning 1 choragida 220,0 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 6,6 million AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirildi.

2020 yilning 1-choragida 2 ta, qiymati 3,0 million dollarlik loyiha ishga tushirilib, 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yil davomida yana 13 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Urgut tumani hokimligi matbuot xizmati.