O‘tgan yili gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash yuz bergan

2021 yil davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash hamda 2 ta yong‘in chiqish holatlari sodir bo‘lib, ularda 9 nafar fuqaro jarohatlangan va 14 nafar fuqaro halok bo‘lgan

Bu haqda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Ularni avtomobillarga o‘rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilmaganligi, gaz ballonlarining texnik sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari mavjudligi qayd etildi.