Oyni bo‘lib olish uchun poyga tezlashyapti
Fransiya va Germaniya AQShni Oyni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqqan loyihalarini imzolashni rad etdi
Vashingtonning aytishicha, bu bitim yangi kosmik era boshlanganidan darak beradi. U Amerikaga Xitoy va Rossiyani chetlab o‘tishga imkon beradi. Xitoy esa 2027 yilga borib Oyda ilmiy baza yaratish taraddudida.
Xullas, Oyni bo‘lib olish uchun poyga tezlashmoqda. Kurash va qarama-qarshiliklar esa Yerda avj olyapti.
AQSh bitimga kim imzo qo‘ysa, unga NASAning «Artemis» dasturiga keng yo‘l ochilishini va’da qilyapti. Unga allaqachon Italiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Lyuksemburg, Avstraliya, Kanada, Yaponiya va Janubiy Koreya qo‘shildi. Oydagi qazilma boyliklar anchadan buyon AQShga tinchlik bermay kelyapti. U yolg‘iz o‘zi ularning hammasiga egalik qilolmaydi. Unga «yog‘liq» joylarni bo‘lib olish uchun ishonchli hamkorlar kerak. Amerikaning bu vasvasadan hatto 1967 yilda Oy hammaning mulki ekanligi haqida qabul qilingan xalqaro shartnoma ham to‘xtata olmayapti.
Pandemiya davrida kim boyligini ko‘paytirib oldi?
Pandemiyaning o‘tgan ikki yili davomida sayyoramizning 10 nafar badavlat kishilari o‘z boyliklarini ko‘paytirib oldi.
Oksfam tijorat tashkiloti turli mamlakatlarda qashshoqlik va tengsizlikka qarshi kurash bilan shug‘ullanadi. Oksfam ijrochi direktori ushbu orttirilgan 800 mln. dollar butun insoniyatni vaksina bilan emlashga, qashshoqlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yetgan bo‘lishini ta’kidladi va mamlakatlarni daromadga qarab soliqqa tortishni joriy etishga chaqirdi.
T.Shomurodov tayyorladi.