O‘z farzandini 9 ming AQSh dollarga sotayotgan ota-ona qo‘lga olindi

2019 yil 17 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli S.I. va rasmiy nikohsiz rafiqasi 26 yoshli G.T. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, G.T.ning 2018 yil 26 oktyabr kuni dunyoga keltirgan o‘g‘lini sotishga qaror qildilar.

Ular tanishi 27 yoshli S.I. ismli ayolga 9 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.