O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizasini olish qiyinlashmoqda
- 09.12.2019 18:28
- 491
- O‘zbekiston
2019 moliya yilida AQShda vaqtincha yashash vizasi uchun ariza yozgan O‘zbekiston fuqarolarining 68 foiziga rad javobi berildi. Bu sobiq ittifoq respublikalari orasidagi eng yuqori manfiy ko‘rsatkichdir.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSh vizasini olish qiyinlashib bormoqda.
2018 yilda Qo‘shma Shtatlar hududida vaqtincha bo‘lish huquqini beruvchi viza olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarning 62 foizi rad javobini olgan edi.
Dunyo bo‘ylab har yili o‘rtacha 6 million kishiga AQShning B1/B2 vizasi beriladi.
2018 moliya yilida bu turdagi noimmigratsiyaviy vizani O‘zbekistonning 7392 nafar fuqarosi olgan.
Teglar:
viza
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa