O‘zbekiston koronavirus yo‘q bo‘lgan eng go‘zal 19 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi. Samarqand alohida tilga olingan
- 04.03.2020 15:35
- 4530
- Sayohat
Britaniyaning nufuzli The Telegraph nashri koronavirus mavjud bo‘lmagan eng chiroyli 19 ta mamlakatning reytingini tuzib chiqdi.
Mazkur reytingda O‘zbekiston 14-o‘rinni egalladi.
The Telegraph ro‘yxatida O‘zbekiston hududi jihatidan Ispaniyadek keladigan kattaligi va go‘zalligi bilan ajralib turadigan mamlakat sifatida tavsiflangan. Uchta diqqatga sazovor tarixiy shahar - Buxoro, Xiva va Samarqand alohida tilga olingan.
Koronavirus mavjud bo‘lmagan, dunyoning eng chiroyli 19 mamlakati:
Argentina
Namibiya
Kuba
Turkiya
Mo‘g‘uliston
Madagaskar
Peru
Maldiv orollari
Malta
Laos
Botsvana
Janubiy Afrika
Chili
O‘zbekiston
Polsha
Kolumbiya
Vengriya
Boliviya
Tanzaniya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
“Qizingni o‘qitsang, shahar oberarmidi?”
- Kecha, 22:19
- Mutolaa
Daraxtlar ildizi orqali muloqot qiladi
- Kecha, 18:09
- O'qing, qiziq!