O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Joriy yilning noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichining "D" guruhidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi ikkita rasmiy uchrashuvda maydonga tushadi.

Muhim bahslarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Vadim Abramov boshchiligidagi jamoa Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 

O‘FA xabariga ko‘ra, uchrashuv 9 noyabr kuni Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi va soat 17: 00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

9 noyabr (shanba)

O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZISTON

"Paxtakor" stadioni

Boshlanish vaqti 17:00.