O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Eron bilan kuch sinashadi
- 09.01.2020 10:38
- 112
- Sport
Bugun Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokiga kirishadi.
Ilk to‘qnashuvda vakillarimizga eronlik olimpiyachilar raqiblik qiladi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ertaga oq rangli sport formalarida maydonga tushadi. Darvozabonimiz egnida esa sariq rangli libos bo‘ladi. Eron termasi esa qizil rangdagi formada o‘ynaydi. Raqib posboni qora rangdagi forma kiyadi.
Uchrashuv bugun Songxla shahridagi “Tinsulanon” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 17:15 da (Toshkent vaqti bilan soat 15:15 da) boshlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa