O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bocqichlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
- 26.09.2019 17:19
- 206
- Sport

2020 yilning yanvar oyida futbol bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, Lyubinko Drulovich murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamaosi “S” guruhidan joy oldi. Futbolchilarimiz ushbu guruhda Janubiy Koreya, Eron va Xitoy OTJga qarshi bahs olib boradi.
Qolgan guruhlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
«A» guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn.
«B» guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya.
«C» guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Eron.
«D» guruhi: Vetnam, KXDR, Iordaniya, BAA.
Terma jamoamiz o‘yinlari:
1-tur: O‘zbekiston – Eron
2-tur: Xitoy – O‘zbekiston
3-tur: O‘zbekiston – Janubiy Koreya
Eslatib o‘tamiz, har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Vakillarimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, yarim final uchun «D» guruhi jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- Kecha, 19:03
- Qishloq xo'jaligi
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- Kecha, 17:50
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- Kecha, 17:46
- Samarqand