O‘zbekiston saylov qonunchiligi e’tirof etildi

O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug komissiyasida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Djang In Sik va Osiyo parlemantlar assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

7-Samarqand okrug komissiyasi raisi F.Toshev mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan referendumga ko‘rilgan tayyorgarlik, bu borada okrug komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Mehmonlar O‘zbekiston saylov va referendum qonunchiligi takomillashib borayotgani, bu galgi tadbirga ham katta tayyorgarlik ko‘rilganini e’tirof etdi.

Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Djang In Sik va Osiyo parlemantlar assambleyasi bosh kotibi Muhammad Rizo Majidi okrug faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikrlarini bildirib, referendumning muvaffaqiyatli o‘tishi va O‘zbekiston xalqiga ravnaq tiladi.