MSK referendum yakuniy natijalarini e’lon qildi. Natijalarda kichik o‘zgarishlar bo‘ldi
Markaziy saylov komissiyasi qonun buzilish holatlari aniqlanishi natijasida bir necha saylov uchastkalarida berilgan ovozlarni bekor qildi. Natijada yakuniy natijalarda dastlabki e’lon qilingan raqamlarga qaraganda kichik o‘zgarishlar kuzatildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan fuqarolar soni 16 mln. 667 ming 97 nafargacha qisqardi. Ya’ni, dastlabki ma’lumotlarda e’lon qilingan raqamlardan 6 ming 92 ta ovoz bekor qilindi. Shunda davomat 0,03 foizga o‘zgarib, 84,51 foizni tashkil qildi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga "Ha" deb javob berganlar soni 5 447 nafarga kamayib, 15 mln. 34 ming 608 nafarni tashkil etdi. Foizda bu ko‘rsatkich o‘zgarishsiz qoldi - 90,21 foiz.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘zgarishlarga "Yo‘q" deb javob berganlar soni 1 mln. 558 ming 817 nafarni tashkil etdi - 9,35 foiz.
Yana 773 672 byulletenlar haqiqiy emas deb topildi.