O‘zbekiston - Xitoy gaz quvurida yong‘in sodir bo‘ldi
- 21.07.2019 15:21
- 290
- O‘zbekiston
O‘zbekiston - Xitoy gaz quvurining Buxorodan o‘tgan qismida avariya sodir bo‘ldi.
O‘tgan tunda O‘zbekistondan Xitoyga gaz yetkazib beruvchi gaz quvuri shikastlanishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “O‘ztransgaz” matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in “Gazli - Chimkent” gaz quvurining 76 kilometrida, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan o‘tgan qismida mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da sodir bo‘lgan. Ayni damda yong‘in o‘t o‘chirish xizmati kuchlari hamda gaz quvuri ekspluatatsiyasini ta’minlovchi xodimlar tomonidan o‘chirilgan. Qurbonlar va jabr ko‘rganlar yo‘q. Gaz quvurini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu avariyaning aniq sababi hozircha xabar qilinmagan. Gaz uzatish 23 iyuldan qayta tiklanishi xabar qilingan.