O‘zbekistonda 300 mingga yaqin ehtiyojmand xonadon mavjud
Bugun, 19 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
➖ Pandemiya sababli mamlakatimiz iqtisodiy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotganligiga qaramasdan, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi. Kam ta’minlangan ehtiyojmand aholi ro‘yxati shakllantirilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Respublika bo‘yicha 7 million 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini (4,1 foiz) ehtiyojmand xonadon hisoblanadi. Ushbu xonadonlarning ro‘yxatlari mahalliy Kengashlarning qarorlari bilan tasdiqlangan.
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda. Amaldagi ko‘plab talab va cheklovlar qayta ko‘rib chiqilib, soddalashtirilmoqda, katta imtiyozlar berilmoqda, tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning natijasida esa 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi, - deya fikr bildirdi Tanzila Norboyeva.