O‘zbekistonda 72 yoshli ayol OTMga hujjat topshirdi
- 02.07.2019 07:13
- 210
- Ta’lim
Ayni kunlarda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish qizg‘in davom etyapti. Joriy yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda yoshga doir cheklovlar olib tashlangan. Shuningdek, salomatlik holati bo‘yicha ma’lumotnoma ham so‘ramayapti.
Qizig‘i shundaki, bu yil OTMga kirish uchun 72 yoshli ayol ham hujjat topshirgan. Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovning ma’lumot berishicha, bu hol Farg‘ona davlat universitetida yuz bergan.
O‘zAning yozishicha, hozirga qadar 70 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Bugundan boshlab kunlik hujjat topshirish ko‘rsatkichi keskin ortgan. Bugun kunning birinchi yarmida 10 mingdan ko‘p hujjat topshirilgan.
Teglar:
oliy ta’lim