O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?
«O‘zgidromet» mamlakatda 31 martdan 3 aprelgacha kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 va 3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mart—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 mart—1 aprelda 3-8o iliq, 2—3 aprelda 5-10o iliq, kunduzi 31 martda 8-13 darada iliq, 1 aprelda 13-18o iliq, 2 aprelda 15-20o iliq, 3 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 mart—2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10o iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja iliq, 3 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 mart va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 1 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 3 aprelda kechasi 7-12o iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 mart—2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 20-25 daraja iliq, 1 aprelda 18-23 daraja iliq, 2 aprelda 22-27 daraja iliq, 3 aprelda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 15-20 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2—3 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 va 3 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 31 mart—1 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 mart—1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2—3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.