O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni nima uchun ko‘payib bormoqda?
AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.
Nega shuncha cheklovlarga qaramay, kundan-kunga koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Atabekov javob berdi:
"Xabaringiz bor, koronavirus kasalligiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar, koronavirus kasalligi bo‘yicha noxush hududdan olib kelingan respublikamiz fuqarolari, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan mashg‘ul bo‘lgan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ham karantinda bo‘lib turishibdi.
Hozirgi kunda 100 mingdan ko‘proq fuqarolarimiz karantinda (statsionar va uy sharoitida) turganligini e’tiborga olsak va kasallikning inkubatsion davri 14 kun ekanligini e’tiborga olsak, ular orasidan kasallik chiqishiga ham tayyor bo‘lishimiz kerak. Profilaktik tibbiyotning asosiy vazifasi, u ham bo‘lsa kasallik o‘chog‘ini jilovlash va bartaraf qilish hisoblanadi".