O‘zbekistonda "Yil odami" aniqlandi
Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Tadbirda “Eng faol davlat arbobi” — O‘zbekistonda yil odami sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva e’tirof etildi, deb xabar berdi O‘zA.
✔ Norboyeva Tanzila Kamolovna – 1956 yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)da filolog mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan.
Mehnat faoliyatini 1974 yil Shahrixon tumanidagi o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilik bilan boshlagan.
1975-1995 yillar davomida ta’lim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.
1995-2010 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2010-2016 yillarda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, 2016-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishladi.
2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat raisi lavozimiga tayinlandi.