O‘zbekistonga qaytolmay Xitoy aeroportida qolib ketgan talabalarga yordam beriladi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydan O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan talabalar Pekin-Stambul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotga bilet olishgani va ushbu reys qoldirilganligi sabab talabalarga pullari ham qaytarib berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tashqi ishlar vazirligi ko‘plab mamlakatlar tomonidan Xitoy bilan aviaqatnovlar bekor qilinishi sababli Pekin shahri aeroportida 3 nafar talaba qolib ketganligi haqidagi OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Hozirda talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan va diplomatlar muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qiladi.
Ushbu shtab bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi:
Aziz Xilvatov: +86 138 1120 4471
Bobur Yaxyoyev: +86 135 1102 4242
O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari:
Nuriddin Ubaydullayev: +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov: +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov: + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov: +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov: +86 185 0017 0040
Mansur Ibragimov: +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov: +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov: +86 178 1070 2707