"O‘ztransgaz" haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
“O‘zgidromet” xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda, respublikamizning barcha hududlarida ob-havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda.
Aholining, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarning, shuningdek, respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji kunning kechki vaqtlarida (soat 17:00 dan 22:00 gacha) keskin oshib ketadi va bu gaz ta’minoti tizimida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ana shu holatni inobatga olib, "O‘ztransgaz" haydovchilarni ogohlantiradi:
“Hurmatli avtotransport egalari! Kunning kechki vaqtlarida (soat 17:00 dan 22:00 gacha) aholiga, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’yektlarga, shuningdek, respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalariga tabiiy gaz maksimum yetkazib berilishini inobatga olib, Sizlardan avtomashinalaringizga siqilgan gaz quyishda ushbu vaqtlarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga tushungan holda munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz.
“O‘ztransgaz” AJ iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlashdagi uzilishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi.
“O‘ztransgaz” AJ avvaldan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun Sizlardan uzr so‘raydi”.