Past Darg‘omda 17466 gektar sug‘oriladigan yerga g‘alla ekildi
Past Darg‘om tumanidagi “Zarafshon” fermer xo‘jaligi dalasida tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda tuman qishloq xo‘jalik sohasi xodimlari uchun seminar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sh.Teshayev, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari A.Nurqulov ishtirok etdi.
Semenarda tumanning 2020 yil hosili uchun qishloq xo‘jligi sohasida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, kuzgi shudgorlash, g‘alla maydonlarini sug‘orishning bugungi holati tahlil qilindi. Jumladan, g‘allaning holatiga qarab suspenziya qilish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish va ta’mirlash bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi texnika vositalari hamda g‘alla parvarishi uchun zarur bo‘lgan dori vositalari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, tumanda 2020 yil hosili uchun 17466 gektar sug‘oriladigan yerga g‘alla ekilgan. Boshqa ekinlar uchun 14 868 gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.
Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.