Past Darg‘omda ikkita uyda yong‘in sodir bo‘ldi
- 11.08.2021 14:50
- 132
- Hodisa

Bugun, 11 avgust kuni soat 10:32 da Past Darg‘om tumani “Mirzoto‘p” mahallasi, P.Xudoyberdiyev ko‘chasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 6 daqiqada voqea joyiga yetib borib, soat 11:03 da yong‘in o‘rab olingan va soat 11:34 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarda birinchisining 150 kvadrat metr hamda qo‘shni uyning 10 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat