Past Darg‘omdagi tomorqalardan ham bozorga mahsulot chiqishi kerak
- 15.04.2020 14:11
- 381
- Samarqand
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov Past Darg‘om tumani Guliston mahallasidagi aholi tomorqalarining bugungi holati bilan tanishdi.
– Qishloqda mana shunday katta-katta tomorqasi bor odam kambag‘al yoki moddiy ko‘makka muhtoj bo‘lishi mumkin emas, – dedi E.Turdimov. – Buning uchun faqat mehnat qilish, yerdan foydalanishni bilish kerak. Nima uchun Samarqand, Toyloq yoki boshqa tumanlarda aholi kichkina tomorqasidan million-million so‘m daromad qiladi-yu Past Darg‘omda bunday bo‘lmasligi kerak? Bu yerda ham har bir mahalla qaysidir mahsulot yetishtirishga ixtisoslashi zarur. Ana shunda Past Darg‘omdagi tomorqalardan ham bozorga mahsulot chiqadi, shu orqali aholi doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi. Buning uchun tomorqachilarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.
Viloyat hokimi aholi hamda hudud bo‘yicha mas’ullarga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa