Past darg‘omlik 8 nafar xotin-qiz Fransiya grantini yutib, tadbirkorlikni boshladi
- 31.10.2019 17:32
- 126
- Samarqand
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Rahmdillik” nodavlat notijorat tashkiloti Fransiyaning ACTED - Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligi halqaro tashkilotining moliyaviy ko‘magida Samarqand viloyatining belgilangan hududlarida ishsiz, moddiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlariga grant ajratish bo‘yicha loyiha e’lon qilgandi.
Past Darg‘om tumanidan 15 nafar ayollar ham tadbirkorlikni boshlash istagidagi ushbu loyihada ishtirok etgandi. Bugun ularning 8 nafari turli yo‘nalishlarda grant yutib oldi.
Jumladan, Po‘latchi mahallasida yashovchi Zulfiya G‘affarovaga “Bir zumda” kafesini ochish uchun muzlatkich, gaz plitasi, mikroto‘lqinli pech, oshxona mebellari va idishlari to‘plami berildi. Yana 7 nafar xotin-qizning parrandachilik, chorvachilik va tikuvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun ko‘maklashildi.
Past Darg‘om tumani hoimligi axborot xizmati.