Paxtachi tumani IIB boshlig‘iga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Pora berish ham jinoyat!

2020 yil 28 sentyabr kuni Paxtachi tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, Paxtachi tumani “Taraqqiyot” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqarolar “Qora-qo‘ton” ma’danli maydoniga kirib, noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud toshlarni qazib olishga harakat qilayotgan vaqtida, ushlanib, ulardan 1 dona elektrodvijok, 1 dona yer qazish moslamasi, tosh maxsulotlari solish uchun mo‘ljallangan qoplar va davlat raqam belgisi bo‘lmagan “UAZ” rusumli avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Shundan so‘ng, “uddaburon” yigitlardan birining otasi, farzandi va mahalladoshlariga qonuniy tartibda chora ko‘rilmaslik va hujjatlashtirilib olingan ashyoviy dalillarni qaytarib berish evaziga tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif etadi.

Holat yuzasidan IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi, Narpay tumani IIB, Paxtachi tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 1968 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.S. tuman IIB boshlig‘iga 6.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz Samarqandda haydovchi YPX xodimiga pora berayotgan vaqtida ushlangandi

Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida bergan yana bir fuqaro qo‘lga olingandi

Samarqandda giyohvand moddalari bilan bog‘liq jinoyatni ijobiy hal qilib berish evaziga IIB xodimiga pora bergan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi

Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlariga fuqaro tomonidan pora taklif qilgan fuqaro ushlangandi

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati