Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan yashirin ohak sexi fosh etildi
- 13.03.2024 15:48
- 96
- Jinoyat va jazo
Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jahonobod” MFY hududida aniqlangan. Shu mahalladagi xonadonda yashovchi J.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin ohak ishlab chiqarish sexi tashkil etib, gaz tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulangan holda 2,7 mln. metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Shu tarzda davlat va jamiyat manfaatlariga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand