Paxtaning davlat xarid narxi oshirildi
- 24.04.2019 16:02
- 642
- O‘zbekiston
Bugun Bosh vazir ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda "Oltin voha" telegram kanaliga tayanib xabar bergan edik.
Videoselektor yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi yumushlarida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar muhokama qilindi. Poliz ekinlari va kartoshka ekishdagi kechikish bo‘yicha Ohangaron tumani tanqid qilindi. Ammo, tinimsiz yoqqan yomg‘ir tufayli bu holat ma’zur ko‘rildi.
G‘alla va g‘o‘za parvarishidagi muammoli holatlar muhokama qilindi. Ayniqsa, g‘allani zang kasalidan asrash, ikki martadan ishlov berish topshirig‘i mas’ullarga berildi.
G‘o‘zani yaganalash, kultivatsiya ishlarini tartibli olib borish masalalari ham tanqidiy muhokama qilindi.
Videoselektordagi eng muhim yangilik shu bo‘ldiki, bu yil davlat tomonidan paxtaning xarid narxi 4 million so‘m etib belgilangani haqida e’lon qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 59 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand