Payariqda rekord: sayyor qabulda viloyat hokimiga 600 murojaat tushdi
- 19.02.2019 19:55
- 351
- Jamiyat

Bugun, 19 fevral kuni navbatdagi xalq bilan muloqot sayyor qabul shaklida Payariq tumanida o‘tkazildi.
1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan sayyor qabulda 602 nafar fuqarolar tomonidan murojaatlar ro‘yxatga olindi.
Tumanda yashovchi fuqoralar o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaatlari bilan qatnashishdi.
Barcha masalalar viloyat hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi va 22 fevral kuni ijro holati muhokama etilishi belgilandi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa