Pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonun hamda Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra:

- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi to‘lovlarini marhumning qaramog‘idagi farzandlariga, ular 18 yoshgacha, agar umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan bo‘lsa
23 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lash;

- nogironligi bolalikdan bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaragan davrini ish stajiga qo‘shib hisoblash;

- bolani parvarishlash bo‘lish vaqtining xammasini jamlanganda ko‘pi bilan 6 yillik davrni ish stajiga qo‘shib hisoblash;

- respublika hududida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan davrda amal qilib turgan davrda pensiya olish huquqi vujudga kelgan fuqarolar, ushbu tadbirlar (cheklovlar) davrida yoki tugagandan so‘ng bir oy ichida pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan taqdirda, ularga pensiya uni olish huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlash taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va yaqin vaqt ichida yalpi majlisga kiritiladi.

"So‘nggi yillardagi o‘zgarishlar inobatga olinsa, mazkur yangiliklar fuqarolarga qulaylik yaratish yo‘lidagi progressiv qadam, deyish mumkin", deb yozgan deputat.